Joriy yilning 7-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Yig‘ilishda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Murodov Farmonning mazmuni yuzasidan ma’ruza qilib, Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi doirasida belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida sun’iy intellektning iqtisodiyot, ta’lim va boshqaruv jarayonlarida samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.



