Joriy yilning 7-noyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri”ga tayyorgarlik jarayonlari doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda Milliy statistika qo‘mitasi vakili S. Begmatov, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimi A. Amirbekov, shuningdek Navoiy shahar va Karmana tumani aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda ro‘yxatga olish jarayonining maqsadi va vazifalari, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, ro‘yxatga oluvchilar zimmasiga yuklatiladigan mas’uliyatlar, so‘rovnomani axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to‘ldirish tartibi hamda savollarga to‘g‘ri va aniq yondashuv kabi masalalar batafsil tushuntirib berildi.

Ta’kidlash joizki, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha bo‘lib o‘tadigan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizda demografik jarayonlarni chuqur o‘rganish, aholining ijtimoiy hayot sharoitlarini tahlil qilish, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq strategik qarorlar qabul qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.



