14/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosi doirasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Karmana tumanida soliq inspektorlari va xotin-qizlar faollari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbir davomida ro‘yxatga olish bosqichlari, so‘rovnomalar bilan ishlash tartibi hamda elektron tizim orqali ma’lumot kiritish jarayoni yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilarga respondentlar bilan muloqot qilish, savolnomalarni to‘ldirishda e’tiborli bo‘lish lozim jihatlar hamda aholiga to‘g‘ri ma’lumot yetkazish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Bunday seminarlar joylardagi mas’ul xodimlarning bilim va malakasini oshirish, ro‘yxatga olish jarayonini puxta va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech