So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar - fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 17,0 % ni tashkil etdi yoki 2178,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.   2021- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 105,1 % ni tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimiz bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 683,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda tashkiliy- huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 3- o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2022- yil 1- mart holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida  viloyatimizda  bajarilgan qurilish ishlari  hajmi 516,1  mlrd. so’mni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida respublika boʻyicha jami 1 437 nafar egizak chaqaloq tugʻilgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 273,2 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning fevral oyida respublika boʻyicha 3 985 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

2022-yilning yanvar-fevral oylarida transport xizmatlari hajmi 9 942,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2021- yilning shu davriga nisbatan 10,1 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra,  2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 12 531,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, 2021- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 104,8 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining 50,9  % ini (956,7 ming kishi) erkaklar, 49,1 % ini (924,6 ming kishi) ayollar tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi  125,0 mln. AQSH dollariga teng boʻldi. 

2022- yilning yanvar–fevral oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 69,4 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,7 % punktga kamaydi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda 1 273,2 mlrd. soʼmlik bozor xizmatlari koʼrsatilgan.

AKT xizmatlari sektorining umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari – 73,6 %, Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar – 13,4%, shuningdek, Kompyuterlar va aloqa usukunalarini taʼmirlash bo‘yicha xizmatlar - 5,7% ni egallaydi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra,  2022- yilning 1- mart holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 20 732 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 20 641 tani tashkil etgan. 

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda  chakana savdo tovar aylanmasi 1 441,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyati bo`yicha aholi mablag`lari  hisobidan 1467,8 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2020- yilga nisbatan 110,7 % ni tashkil etdi.