So'nggi yangiliklar
14/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar oyida transport xizmatlari hajmi 5 063,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2021- yilning shu davriga nisbatan 12,4 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 21,4 % ni tashkil etdi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida moliyaviy xizmatlar hajmi 144,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 124,1 % ni tashkil etdi.
2022- yilning fevral oyida respublika boʻyicha 3 985 ta ajrim holatlari qayd etilgan.
?Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar oyi holatiga Karmana tumanining chakana savdo aylanmasidagi hajmi 121,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
11/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning fevral oyida pul oʻtkazmalari uchun haq toʻlash xizmatlari narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,1 % ga arzonlashgan.
11/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga koʻra, 2022- yil 1 fevral holatiga, Qiziltepa tumanida faoliyat koʻrsatayotgan qurilish korxonalari soni 254 ta boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,0 % ga oshgan.
11/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2,6 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 6,1 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 10,7 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 18,3 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 23,5 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 38,8 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.
11/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Shahar va tumanlar kesimida sanoat ishlab chiqarilishining viloyatda jami hajmidagi eng yuqori ulushi Navoiy shahriga to‘g‘ri kelib 85,1 % ni, shuningdek, Karmana tumani 11,3 % ni, Qiziltepa tumani esa 1,5 % ni tashkil etdi.
11/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida MDH davlatlariga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 1 874,4 ming kishidan iborat bo‘lib, bu jami ketganlarning 85,4 % ini tashkil etgan, boshqa davlatlarga esa 320,5 ming kishi (yoki 14,6 %) ketgan.
10/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga koʻra, 2022- yil 1 fevral holatiga, Karmana tumanida faoliyat koʻrsatayotgan qurilish korxonalari soni 272 ta boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,5 % ga oshgan.
10/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning fevral oyida havo transportida yoʻlovchi tashish narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,1 % ga oshgan.
2021/2022- o‘quv yilida Navoiy viloyatida umumta’lim muassasalari soni 372 tani tashkil etgan.
10/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida markazlashgan moliyalashtirish manbalaridan Respublika budjeti 649,5 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 4,0 % ini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 98,4 % ga o‘sdi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining ulushi 58,5 % ni tashkil etdi.
2022- yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar oyi holatiga Zarafshon shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 326,0 ming AQSH dollarini teng bo‘ldi.
09/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2022- yilning yanvar oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 128,5 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar oyi holatiga Navoiy shahrining chakana savdo aylanmasidagi hajmi 232,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
384-sahifa 430 dan