So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-fevral holatiga Navoiy viloyati bo‘yicha  jami hajmdan norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 19,3 % ni tashkil etdi yoki 99,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2021-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 290,6 mlrd. soʻmga oshib, 1 790,8 mlrd. soʻmga teng bo‘ldi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar-fevral holatiga Navoiy shahrida  korxonalar tomonidan 10 625,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 103,5 % ni tashkil etdi.

Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p dasturlarni tuzish va teleradioeshittirish xizmatlari – 40,8 %, boshqa axborot xizmatlari – 27,8 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar va boshqa nashriyot xizmatlari – 26,2 % ni egallaydi.

Tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan choratadbirlar natijasida, 2022- yil yanvar-fevral oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 51,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida respublika boʻyicha jami 1 437 nafar egizak chaqaloq tugʻilgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyati jismoniy tarbiya bilan shugʻullanuvchilar ulushi 64,4 foizni tashkil etib, ulardan 71,8 foizi erkaklar, 57,3 foizi ayollardir.

Hozirgi vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning istiqbolli va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.  2022- yilning yanvar-fevrral oylarida Zarafshon shahrida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 173,4 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning 1-  mart holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foizni (soni 537 394 ta) tashkil etdi.

2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Navoiy shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni  482 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga oshdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 10 ta davlatga qiymati 4,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 638 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 % ga oshdi.

Joriy yilning 5- aprel kuni Davlat statistika qo’mitasida qo’mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning BMTning Aholishunoslik bo’yicha jamg’armasining (UNFPA)ning O’zbekistondagi vakili janob Yu Yu bilan bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

2021- yilda chet el erkaklari xizmat safari maqsadida asosan Rossiya (xizmat safari maqsadida kelgan erkaklar umumiy sonidan 25,7 % ni tashkil etganlar), Tojikiston (12,8 %) va Qozog‘istondan (11,6 %) kelganlar. 

2022- yil yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida yuqori o‘sish me’morchilik sohasidagi xizmatlarda (56,8 %), ijara xizmatlari (43,4 %),  moliya xizmatlarida (26,8 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarda (16,8 %), shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlarida (9,3 %) qayd etildi.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan.Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,6 % ni tashkil etib, 37,1 mlrd. so‘mga yetdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 15,7 % ga oshdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyati bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskunalar, transport vositalari va xo`jalik jihozlarini sotib olishga investitsiyalar hududdagi jami investitsiyalarning 61,4 % ini tashkil etdi.