2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 6,4 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,6 % ni, sanoat – 106,5 % ni, qurilish – 108,1 % ni, xizmatlar sohasi – 107,8 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 107,6 % ni tashkil etdi.