So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda yirik sanoat korxonalar tomonidan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 768,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,8 % ni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 85,6 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,5 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi  ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar-avgust oylarida viloyatimizda tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 390,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 20,1 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentabrdagi 539-son qarori bilan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatish sohasida bir qator yangiliklar joriy etildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 20 ta xorijiy davlatga qiymati 187 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 177 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Navoiy  viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida  viloyatimizda  davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 318,9 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra,  Oʻzbekiston Respublikasida namoyish etilgan konsertlar soni 3759 ta boʻlib, shundan 849 tasi qishloq aholisi uchun namoyish etilgan konsertlardir.

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-avgust holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 998,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 10,9 % ga ko‘paydi. 

2022- yil 1-sentabr  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 182 ta bo‘lib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022 -yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda ishlab  chiqaradigan  sanoat  tarkibida  metallurgiya sanoati hajmi 34 090,7 mlrd so‘mni tashkil etdi va  jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmidagi ulushi 75,6 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatga qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 53,5 mingta kondisioner eksport qilgan.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Uchquduq (16,8 %), Nurota (16,1 %), Qiziltepa (14,7 %) va Tomdi (13,4 %) tumanlarida, shuningdek, Gʻozgʻon  shahrida (12,7 %) yuqori o‘sish kuzatildi.

2022 yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi ta'lim tashkilotlarida jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, Navoiy viloyatida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 17,3 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2,1 % punktga ko‘paydi.

2021/2022 o‘quv yili boshida 27 ta oliy ta’lim tashkiloti va 8 ta kollejda turizm sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.