16/05/2023

Avval xabar berganimizdek ayni paytda Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

1-photo_2023-05-16_15-05-39-22-photo_2023-05-16_15-05-27

Tashrifning ikkinchi kuni davomida Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi hamda Statistika agentligi vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashrif buyurishdi.

3-photo_2023-05-16_15-05-314-photo_2023-05-16_15-05-39

Uchrashuv davomida mehmonlar universitetdagi taʼlim tizim faoliyati bilan tanishdi. Sifatni boshqarishning ilgʻor tizimlarini va raqamli  texnologiyalarni joriy etish borasida oʻzaro tajriba almashildi.

5-photo_2023-05-16_15-05-406-photo_2023-05-16_15-05-29-2

Statistika sohasidagi ilgʻor tajribalar boʻyicha turli taqdimotlar oʻtkazildi.

7-photo_2023-05-16_15-05-38

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech