16/05/2023

Joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

1-

Tashrifning ilk kuni  Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga tashrif buyurdi.

2-7j1a1589

Tashrif davomida mehmonlar Statistika agentligi direktori bilan uchrashdilar va tashrif mavzusiga doir masalalarda fikr almashdilar.

3-7j1a1585

Soʻngra, Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi oʻrtasida yangilangan memorandum imzolandi.

4-7j1a1597

 Maʼlumot uchun:  Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (avvaldi Davlat statistika qoʻmitasi) oʻrtasida ilk bor aloqalar 2011-yilda oʻrnatilgan boʻlib, oʻzaro hamkorlik tgʻrisidagi memorandum 24-avgustda Toshkent shahrida imzolangan. Oʻtgan davr mobaynida umumiy hisobda statistika sohasiga doir 40dan ziyod  (asosiy yoʻnalishlar boʻyicha) masalalarda tajriba almashlgan.

5-7j1a1612

Yangilangan memorandum ikki tomonning hamkorlik aloqalarini davom ettirish va hamkorlik jabhalarini kengaytirishga tayyorligining rasmiy ifodasi boʻlib xizmat qiladi. 

6-22137-7j1a1724

Delegatsiyaning  Statistika agentligiga tashrif doir yangiliklar berib boriladi. Bizni kuzatib boring!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech