So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida band aholi soni 13773,6 ming kishini tashkil etib, bir nafar pensiya yoshidagi aholiga 3,5 nafar band aholi toʻgʻri kelgan. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davrida 3,6 nafarni tashkil etgan.
2021- yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda bitta o‘rta tibbiy xodimga o‘rtacha 95 nafar aholi to‘g‘ri kelgan.
23/09/2022 • So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi 766,7 mln. AQSH dollariga teng boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 473,4 ming dona akkumulyator ishlab chiqarilgan boʻlib 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 119,1 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 190,9 ming t. donli ekinlar (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 129,8 %), 60,0 ming tonna kartoshka (107,9 %), 67,9 ming tonna sabzavotlar – (102,6 %), 8,5 – ming tonna poliz (104,0 %), 33,9 – ming tonna meva (104,4 %) va 2,2 – ming tonna uzum (108,9 %) yetishtirildi.
23/09/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-avgust oylarida nashriyotchilik xizmatlarining yuqori o‘sishi Navoiy (33,6 %), Andijon (24,5 %), Toshkent (23,3 %), Surxondaryo (19,0 %) viloyatlarida va Toshkent shahrida (19,2 %) kuzatildi.
23/09/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 23- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda ishchi xodimlariga favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlanishi va texnik moslamalardan qanday foydalanishi toʻgʻrisida tushunchalar berish maqsadida seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- iyul holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, eng kam sogliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 9 396 ta yoki jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 1,9 % ni tashkil qildi.
22/09/2022 • So'nggi yangiliklar
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilning yanvar-avgust holatiga, viloyatimizda jami 3 613,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 108,8 % ni tashkil etdi.
22/09/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.
Navoiy viloyati 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 215,7 mlrd. so‘mga oshib, 5 870,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni jami 19 453,3 ming kishini tashkil etgan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 768,8 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,8 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 32 149,8 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 6,4 % ni tashkil etdi.
21/09/2022 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,9 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga hududlar kesimida eng ko‘p Toshkent shahrida – 34,4 birlikni, Navoiy viloyatida – 20,7 birlikni va Sirdaryo viloyatida – 16,2 birlikni tashkil qildi.
Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 55 854,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ?2021- yilning yanvar-may oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,6 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar–avgust oylarida respublika boʻyicha qayd etilgan nikohdan ajralishlarning 293 nafarini 4 nafar va undan koʻp farzandlilar tashkil etgan.
Joriy yilning 20- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi yurist konsulti A. Murodov tomonidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi 707-sonli “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunning 27, 28-moddalariga muvofiq individual statistik maʼlumotlardan foydalanish to'g'risida seminar tashkil etildi.
292-sahifa 380 dan