Joriy yilning 22- iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A. Tashnazarov hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi intervyuyeri N. Toshtemirov bilan birgalikda Xatirchi tumani “Amir Temur ”MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo’yicha atroflicha ma’lumot berib o’tdi.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, Uy xo’jaliklarida o’tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.