Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyun holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 518 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 094 tani tashkil qildi (ulushi 22,6 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
▪️Xatirchi tumani – 1 018 ta
▪️Zarafshon shahri – 827 ta
▪️Navoiy shahri – 693 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
🔸savdo sohasida – 2 375 ta
🔸sanoat sohasida – 840 ta
🔸yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 404 ta
🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 377 ta
🔸qurilish sohasida – 257 ta