19/09/2023

Joriy yilning yanvar-iyul oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 660,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,1 % ni tashkil etdi.

Ushbu yoʻnalishda koʻrsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, jami hajmdagi ulushi 81,1 % yoki 535,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Hududlar kesimida huquqshunoslar va hisobchilar xizmatlari hajmi, mlrd. soʻm:

Oʻzbekiston Respublikasi – 660,3

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 7,1

Andijon – 8,4

Buxoro –9,3

Jizzax – 3,5

Qashqadaryo – 10,5

Navoiy – 6,0

Namangan – 9,3

Samarqand – 18,4

Surxondaryo – 3,0

Sirdaryo – 2,9

Toshkent – 21,8

Fargʻona – 15,2

Xorazm – 9,2

Toshkent shahri – 535,7

photo_2023-06-15_16-07-00

Tugmani bosing Tinglash GSpeech