2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 033,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,4 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 11,3 % ni tashkil etdi.