Joriy yilning 4-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash” mavzusida targʻibot tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirga Navoiy viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Dildora Kattayeva taklif etildi.
Muloqot mobaynida davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalari xususida soʻz yuritildi.
Xususan, odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.
Tadbir ishtirokchilariga Dildora Kattayeva tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari toʻgʻrisida batafsil ma’lumot va tushunchalar berildi. Muloqot yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javob olishdi.