So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 50,0 %ni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida sanoat sohasida 12 371 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 23,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga koʻpaydi.

2023-yilning 9 oy davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 6,3 ming tonnani tashkil etdi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich talabalarga “Mamlakatimizda olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari” mavzusida ochiq dars oʻtib berdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Erondan Oʻzbekistonga 5 299 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Inson huquqlari  boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot” mavzuda oʻquv kursi boshlandi.

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuristkonsulti tomonidan Zafarshon shahar statistika bo‘lim xodimlari, korxona va tashkilotlar hisobchilari ishtirokida “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini koʻchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 23-oktabrdagi  871-sonli qonunni keng targ’ib qilish yuzasidan huquqiy tag’ibot tadbiri oʻtkazildi.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida): 

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati boʻyicha koʻrsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 315,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha  kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 175,5 mln. AQSH dollarini yoki jami importning 33,1 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oyida jami 76 734 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 4,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,6 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmi, (mlrd. so‘mda).

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati bo’yicha yirik korxonalar tomonidan jami 38,2 ming tonna vodorod xlorid (xlorid kislota) ishlab chiqarilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,9 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 6 797,9 ming tonnani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Xitoydan Oʻzbekistonga 35 368 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

“Intervyu+”. Viloyat statistika boshqarmasi boʻlim boshligʻi Madina Yoʻldosheva bilan.