2024- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyati bo’yicha ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida metallurgiya sanoati hajmi 57 268,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 10,9 % ga oshdi va jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmidagi ulushi 80,3 % ni tashkil etdi.