So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 1 278 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida jami 520,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 37,1 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.

 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 218 tani tashkil etib, 2018-yilning shu davriga nisbatan 158 taga ko‘paygan. 

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, 418 710 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar oyida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 413,2 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,6 % ini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 90,8 trln. soʻmni tashkil qilgan. 

2024-yilning yanvar oyida jami 444 096 nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 6,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1,3 ming tonna sovun ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 64 %, transfertlardan olingan daromadlar 26,7 % hamda shaxsiy iste’mol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,3 % ni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, 44 363 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining transport xizmatlari hajmi 53,5 trln. soʻmni tashkil qilgan.

2022/2023-oʻquv yili boshiga mamlakatimizda, oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishiga qabul qilingan talabalar soni 275 496 nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 224,4 trln. soʻmni tashkil qilgan.

2024-yilning yanvar oyida jami 7 022 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yil yanvar oyida sanoat mahsulotlari importi hajmining Nаvoiy viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi Rossiya 7 223,0 ming AQSH dollari (65,4 %), Latviya 1 189,9 ming AQSH dollari (10,8 %) va Xitoy Xalq Respublikasi 1 160,8 ming AQSH dollari (10,5 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.

2024-yilning yanvar oyida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 1 986 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.