So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 9-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘lim boshlig‘i M. Baxromov foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari bo‘yicha Navoiy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi G‘. Oydinov tomonidan o‘tkazilayotgan 4 TJ soʻrovnomada ishtirok etdi.

Joriy yilning 9-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari J. Umarov  hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi intervyuyeri A. Erkinov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida Karmana tumani “Paxlavon” MFY ga borib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egasi va intervyuyer bilan boʻlib oʻtadigan soʻrovnomada ishtirok etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati bo'yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4 601,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 78 344,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 23,8 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 816,7 ming dona akkumulyator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 35,8 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 44,2 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish sohasida 28 064 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAIMdagi ulushi 51,2 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 431 nafar egiz tugʻilganlar (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 850,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 122,8 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 160,5 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 28,8 %ga oshgan. 

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,5 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 679 842 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etdi.

Joriy yilning 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlar missiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 74,2 %ni tashkil etdi. 

2023-yilning 8-noyabr kuni Navoiy viloyati boshqarmasida, Navoiy shahar jinoyat sudi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun jazo muqarrar” mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 861,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.