So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 31- oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J. Umarov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman shahar statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 64 553 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, respublika boʻyicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 83,2 kishini tashkil etmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 9 164,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda mavjud otlar soni 17,2 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 233 tani, shundan qo‘shma korxonalar 94 ta va xorijiy korxonalar 139 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Bugun, 30- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda 2026- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, Statistika agentligi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy kompetensiyasi va savodxonligini uzluksiz oshirib borishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida “Statistika taʼlim platformasi” (talim.stat.uz) korporativ axborot tizimi ishga tushirildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2 398 tani tashkil etgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi aholi ulushi 92,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 75 020,9 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 % ga o‘sdi.

Respublikamizda joriy yilning 1- oktabr holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 113 667 ta.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 242,4 ming tonna don ekinlari yetishtirildi.

Bugun, 29- oktabr kuni “Zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish” boʻyicha Singapur davlatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalari haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida mobil/uyali telefondan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar ulushi 99,2 % ni tashkil etgan.

Bugun, 29- oktabr kuni Statistika agentligida 2024- yilning III choragi yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 13 802,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.