17/12/2024

Bugungi kunda viloyatimizda 2025-2026-yillarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Karmana tumanidagi “Sardoba” mahalla fuqarolar yigʻinida turar-joy va binolarning raqamlanganlik holati oʻrganildi.

Ushbu jarayon aholi punktlarida manzillar tizimini yaxshilash, fuqarolar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishni qulaylashtirish hamda ma’lumotlarni elektron tizimlarga kiritish uchun amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mavjud bino va inshootlarning manzil ko‘rsatkichlari, ularning raqamlanishida aniqlangan muammolar va noaniqliklar tahlil qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech