16/12/2024

2024- yiling 16- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘lim boshlig’i M. Bahronov tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha seminar tashkil etildi.

 Tadbirda 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini topshuruvchi respondentlar hamda tuman shahar statistika bo’lim xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etdi.

 Muloqot davomida hisobotni E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali kamchiliklarsiz sifatli topshirish bo’yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech