Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- dekabr holatiga Navoiy viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 310 ta bo‘lib, 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida ushbu sohada 98 ta korxonalar yangi tashkil etilib ularning 100,0 foizi kichik biznes subyektlaridir.
Quyidagi hududlarda ushbu sohada yangidan tashkil etilgan korxonalar aks etgan:
Navoiy shahri – 35 ta
Zarafshon shahri – 7 ta
G‘ozg‘on shahri – 2 ta
Konimex tumani – 5 ta
Qiziltepa tumani – 11 ta
Navbahor tumani – 8 ta
Karmana tumani –16 ta
Nurota tumani – 4 ta
Uchquduq tumani – 4 ta
Xatirchi tumani – 6 ta.