2024- yilning 18–19- dekabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida MDH davlatlarining Statistika idoralari vakillari bilan XTD-2024 doirasida “Xalqaro taqqoslash dasturi XTD-2024” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda, O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon va Tojikiston Respublikalarining Milliy statistika idoralari qatnashdi. Seminar Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Statistika Qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshqarma boshlig‘i Muxtor Umarov hamda sho‘ba mudiri Bunyodbek Nishonboyev ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda XTD-2024 doirasida ishtirok etayotgan ro‘yxat bo‘yicha alohida tovar va xizmatlar kelishib olindi hamda XTD-2024 doirasida olib boriladigan keng ko‘lamli ishlar kelishib olindi. Shuningdek, yig‘ilishni MDH statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Ye.Kosarev ochib berib, XTD-2024 doirasida olib borilayotgan ishlarning hozirgi holati hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston delegatsiyasi Statistika agentligida XTD- 2024 bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot bilan ishtirok etdilar.