Navoiy viloyatida 2024- yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 18 874 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 18 780 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Navoiy shahri – 4 303 ta
Karmana tumani – 2 911 ta
Qiziltepa tumani – 2 588 ta
Xatirchi tumani – 2 100 ta
Navbahor tumani – 1 908 ta
Nurota tumani – 1 234 ta
Zarafshon shahri – 1 255 ta
Konimex tumani – 886 ta
Uchquduq tumani – 699 ta
Tomdi tumani – 476 ta
G‘ozg‘on shahri – 420 ta.