Joriy yilning 20- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi tadbir OʻRQ-1009-sonli Qonuni mazmun-mohiyati keng targʻib qilindi.
Mazkur tadbir statistika boshqarmasi bosh yuristkonsulti A. Murodov tomonidan oʻtkazilib, mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirishga va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.