Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligda 2023-yilning 4-5-iyul kunlari Armanistonning Yerevan shahrida “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”ni takomillashtirish boʻyicha oʻtkazilgan seminar natijalari yuzasidan taqdimot tashkil etildi.
Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari “Elektron hukumat” tizimini joriy qilish boʻlimi boshligʻi Omonilla Umarov xizmat safari natijalari boʻyicha soʻz yuritdi.
Seminar davomida O. Umarov Yerevandagi seminarda ishtirok etgan davlatlar va ularning ish tajribasi boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.
Seminar davomida yuqoridagi mavzular boʻyicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.