2023-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 1,5 trln. soʻmni tashkil etib, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 41,1 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, mashina, asbob-uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 2,0 trln. soʻm (jami investitsiyalardagi ulushi 54,4%)ni hamda boshqa xarajatlar 0,2 trln. soʻm (4,5 %)ni tashkil etdi.