19/07/2023

Joriy yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taklif etilgan, Axborot kodeksi loyihasi bo‘yicha ekspert Tobi Mendel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1-7b5a6562

2-7b5a6567

Tadbirda Statistika agentligidan Axborot xizmati rahbari – direktorning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Usmon Abdurasulov, Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i  Xurshid Jo‘rayev, Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Omonilla Umarov, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Qambarov,  YUNESKO eksperti Tobi Mendel, YUNESKOning Aloqa va axborotlashtirish sektori mutaxassisi Marius Lukosinas, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasidan Aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha mutaxassis Sanjarbek Allayarov ishtirok etdi.

3-7b5a6584

4-7b5a6575

Uchrashuv davomida Statistika agentligi xodimlari va xorikjlik ekrspertlar – Tobi Mendel, Marius Lukosinas axborot yig‘ish va undan foydalanish, ma’lumotlarni axborot kodeksida aks ettirish, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash hamda barqaror rivojlanish maqsadlari masalalari yuzasidan fikr-mulohaza almashishdi.

5-7b5a6593

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech