Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023- yilning 1-sentabr holatiga viloyatimizda jami 1 422 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo’lib, ular 2019 yilning mos davriga (1 413 ta) nisbatan 9 taga ko‘paygan. Bundan tashqari 2023- yilning yanvar-avgust oylarida 108 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸Navoiy shahri – 416 ta
🔸Zarafshon shahri – 128 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 12 ta
🔸Karmana tumani – 230 ta
🔸Konimex tumani – 33 ta
🔸Qiziltepa tumani – 216 ta
🔸Navbahor tumani – 138 ta
🔸Nurota tumani – 102 ta
🔸Tomdi tumani– 30 ta
🔸Uchquduq tumani – 32 ta
🔸Xatirchi tumani – 85 ta