So'nggi yangiliklar

 Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 1 844,0 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

2023- yilning 1- choragi davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 1,9 ming tonnani tashkil etib, bu esa 2022- yil davomida joʻnatilgan yuklar hajmidan 12,1 % ga koʻp.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 14,4 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 9,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oyida jami 31 041 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 10 ta xorijiy davlatga qiymati 12,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 557 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekistonda uylar (kvartira) soni 7 301 164 tani tashkil etgan. 

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,2 ming tonna limon eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 76,1 %,  transfertlardan olingan daromadlar 14,1 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,8 % tashkil etadi.

2023- yilning yanvar-mart oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 17,9 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,1 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

Joriy yilning 1-may holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalari soni 109 178 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 164,8 foizni tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida joriy yilning 10- may kuni Navoiy davlat pedagogika institutida Statistika agentligi hamda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan institut talabalariga davra suhbati tashkil etildi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 31 041 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ularning so’nggi yillarning mos davriga dinamikasi quyidagicha:

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi  15 631,3 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 1,7 % ni tashkil etdi.

oriy yilning 6- may kuni viloyat Statistika boshqarmasi boshlig’i A. Tashnazarov hududiy statistika bo’limlari faoliyatini oʻrganish maqsadida  Karmana, Konimex, Nurota, Qiziltepa va Navbahor tumanlariga bordi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 908,5 mlrd. so‘mga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72,3 ming tonna aviatsiya kerosini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,0 martaga oshgan.

2023- yilning 1- aprel holatida Navoiy viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 64,3 million AQSH dollarini yoki jami importning 44,6 % ini tashkil etdi.