16/10/2023

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning 1-oktabr holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 357 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida bu sohada 40 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

🔸Navoiy shahrida – 12 ta

🔸Zarafshon shahrida – 8 ta

🔸Xatirchi tumanida – 7 ta

🔸Qiziltepa tumanida – 4 ta

🔸Karmana tumanida – 4 ta

🔸Nurota tumanida – 2 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech