So'nggi yangiliklar

2022-yilda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 3 824,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga jami 36,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylari holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 %ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xatirchi tumanida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 9,3 mlrd. so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,7 % tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2023- yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan tovarlar hajmi 367,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 14,2 mln. AQSH dollariga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 270,3 ming ta kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan. 

2023-yilning yanvar-avgust oyida jami 62 523 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

 2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy shahrida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 35,7 mlrd. so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,8 % tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo’yicha eng yuqori o‘sish sur’atini Tomdi  ( 196,7 %), Nurota – (166,6 %), va Konimex – (161,7 %) tumanlari qayd etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 18 231 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 092 nafarga (6,4 %) koʻpaygan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida hududlar kesimida uyushmagan savdo tovar aylanmasining oʻsish surʼatlari:

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar soni 581 taga yetdi.

Joriy yilning 12–14-sentabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari Xalqaro Forum hamda MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishi oʻtkazildi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Uchquduq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 294,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 102,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1- avgust holatiga Navoiy viloyatida jami 1 434 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 4,0 % ni tashkil etgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- sentabr holatiga Navoiy viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni         8 187 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-avgust oylarida bu sohada  981  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida 954,2 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 5,7 % ga oshdi.