🏢 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyati boʻyicha koʻrsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 285,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi boʻyicha oʻsish surʻati 124,0 % ga yetdi.
📈Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi (mlrd. soʻm).
➖Navoiy shahri – 77,0 mlrd.
➖Zarafshon shahri – 21,7 mlrd.
➖Gʻozgʻon shahri – 2,2 mlrd.
➖Qiziltepa tumani – 36,4 mlrd.
➖Karmana tumani – 38,4 mlrd.
➖Navbahor tumani – 27,2 mlrd.
➖Uchquduq tumani – 9,6 mlrd.
➖Nurota tumani – 19,1 mlrd.
➖Konimex tumani – 9,0 mlrd.
➖Tomdi tumani – 3,9 mlrd.
➖Xatirchi tumani – 40,5 mlrd.