So'nggi yangiliklar

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 99,9 trln. soʻmni tashkil etgan. 

2023- yilning 21- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Murodov tomonidan Konimex tumani statistika boʻlim xodimlari va buxgalteriya markazi xodimlariga Davlat statistika hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qo'llanilishi to’g’risida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 64 481,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 105,2 % ni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 93,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Germaniyadan Oʻzbekistonga 17 807 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 67,9 %ni tashkil etadi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 64 481,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,2 % ni tashkil etdi.

2023-yil 20-sentabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo boshqarmasi hamda boshqarmaning hududiy statistika bo‘limlari va tuman (shahar)lar xodimlari oʻrtasida onlayn seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 21-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov Xatirchi tumaniga borib, hududiy statistika bo’limi mutaxassisi S. Shodmonov tomonidan dehqon bozorida o’tkazilayotgan 12-bozor (oylik) hamda 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvlarida ishtirok etdi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko’ra, Navoiy viloyatida tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 775 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Zarafshon shahrida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 941,1 mlrd. soʻmga yetdi.

Yurtimiz aholisi sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy shahrida jami 867,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 100,6 % ni tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11–15-sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishning to‘liqligidagi tengsizlikni baholash”  mavzusida trening tashkil etilgan edi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko’ra, Navoiy viloyatida xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 765 taga yetdi. 

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 97 250 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga Gʻozgʻon shahrida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tashqari) 401 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida shaharda 71 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Open Data Watch tashkilotining 2022/2023- yilgi hisobotida Oʻzbekiston “Ochiq Gender maʼlumotlari indeksida” 69,7 ball toʻplagan holda bu koʻrsatkich boʻyicha jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.