2023-yil yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 2 273,1 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi va ularning ulushi 59,7 % ni tashkil etdi.
Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 275,0 mlrd. so‘m va jami yangi qurilish ishlarning 7,2 % i bajarildi.
Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1 258,7 mlrd. so‘m va ulushi 33,1 % ni tashkil etdi.