2023-yilning 24–26-oktabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi turli hukumatlar, statistika idoralari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirokida ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni o‘lchash bo‘yicha yuqori darajadagi mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Urazbaev Rahmatjon Otajanovich ham qatnashdi.
Seminar davomida ishtirokchilar ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni o‘lchashning turli milliy yondashuvlari bo‘yicha tajriba almashdilar.
Shuningdek, tadbirda xalqaro miqyosida tajriba almashish va hamkorni yanada mustahkamkash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.