2023- yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi. Ularning ulushi 56,7 %ni tashkil etdi.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida kompyuterda dasturlash xizmatlari, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar 21,8 % ga, axborot xizmatlari – 11,6 % ga, nashriyot xizmatlari – 5,7 % ga, shuningdek boshqa aloqa xizmatlari - 4,2 % ga tashkil etdi.