So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6 980,4 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 98,1 % ini tashkil etdi. 

2023- yilning yanvar-may oylarida Konimex tumanida jami 42,0 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 152,4 % ni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi  601,7 mln. AQSH dollariga teng boʻldi. 

2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 505,5 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 102,1 %), shundan, sigirlar – 4 782,6 ming boshni (102,0 %), qoʻy va echkilar – 23 441,9 ming boshni (102,4 %), otlar – 267,3 ming boshni (103,0 %) hamda parrandalar – 97 170,8 ming boshni (108,1 %) tashkil etdi.

Joriy yilning 24-26-iyul kunlari Belorus Respublikasining Minsk shahrida Aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha Belorus Respublikasi tajribasini o‘rganish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda Belorus Statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda amaliy uchrashuvlar tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida 9 552,1 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan. 

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,6 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 94,6 % ini tashkil etdi va 5,5 % ga o‘sdi. 

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Navoiy viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 34 178,1 ming soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  2,5 % ga oʻsdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, shaxsiy xizmatlar hajmi 5 043,0 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

Navoiy viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan Elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash sanoati korxonalari tomonidan 2 986,4 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 650,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,7 % ga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 477 722 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan 67 516 tasi xususiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Nurota tumanining iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 146,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 1 653,6 mlrd. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etdi.

2019-2023- yillarning yanvar-iyun oylari davomida Navoiy viloyatida jami 12 442 ta kichik korxona va mikrofirmalar yangidan tashkil etildi. 

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 780,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,9 % ga etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati boʻyicha jami 196,8 ming tonna don ekinlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,1 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxonalar soni 103 860 tani tashkil qildi.