28/11/2023

Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida MDH mamlakatlari statistika idoralari mutaxassislari ishtirokida “Xalqaro taqqoslashlar dasturi”ga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

1-7j1a1421

Uch kun davom etadigan konferensiyada Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Statistika qoʻmitasi vakillari, O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Belarus, Armaniston, Qirg‘iz Respublikasi statistika idoralari mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

2-7j1a1481

Dastlab tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich so‘z yuritib, “Xalqaro taqqoslashlar dasturi” dunyoning koʻplab davlatlari statistika idoralari ishtirok etadigan xalqaro statistik dastur ekani, uning doirasida milliy valyutalarning xarid qobiliyati paritetini hisoblash va yalpi ichki mahsulotni xalqaro darajada hamda mamlakatlararo taqqoslash ishlari amalga oshirilishi haqida ma’lumot berdi.

3

Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Statistika qoʻmitasi raisi o‘rinbosari Kosarev Andrey Yevgenyevich Xalqaro taqqoslashlar dasturi yoʻnalishdagi ishlarning ahamiyatli jihatlari haqida fikr-mulohaza bildirdi.

4

Konferensiyada ta’kidlanganidek, mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika sohasidagi muhim va keng qamrovli tadbirlaridan biri hisoblangan hamda doimiy amalga oshirilib boriladigan Xalqaro taqqoslashlar dasturining global bosqichida rasman ilk bor ishtirok etmoqda.

5

Xalqaro taqqoslash natijalaridan mamlakatlarning umumiy iqtisodiy rivojlanish darajasi va aholi turmush farovonligini baholash, milliy iqtisodiyotlar salohiyati va samaradorligini aniqlash hamda oʻzaro taqqoslash, mamlakatlarning moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilish (xalqaro tashkilotlar byudjetiga ajratmalarni hisoblash uchun), mamlakatlarga xalqaro yordam berish boʻyicha qarorlar qabul qilish kabi muhim maqsadlarda foydalaniladi.

6

Malakatimizning mazkur keng qamrovli tadbirdagi munosib ishtirokini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qarori bilan belgilangan.

7

Taʼkidlash joizki, Statistika agentligi tomonidan mazkur yoʻnalishdagi ishlarni toʻgʻri tashkil etish maqsadida xalqaro tajriba va tavsiyalar oʻrganildi. Xususan, bu borada Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Statistika qoʻmitasi hamda aʼzo mamlakatlar bilan izchil hamkorlikda ishlar olib borildi.

8

Konferensiya davomida, xalqaro taqqoslashlar davsturining oʻtkazilgan global bosqichi yakunlari sarhisob qilinadi. Shu bilan birga, kelgusidagi global raundning tashkiliy masalalari bo‘yicha ham fikr-mulohaza almashiladi. 

9-7j1a15531

Tugmani bosing Tinglash GSpeech