So'nggi yangiliklar

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 kishiga (jismoniy shaxslarga tegishli) 95 ta yengil avtomobil toʻgʻri keladi.

2023- yil yanvar-fevral oylarida Qiziltepa tumanining tashqi savdo aylanmasi  hajmi 16 602,3 ming AQSH dollariga teng bo‘ldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 42,5 ming dona domkratlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning 1-aprel holatiga Navoiy viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 219 tani tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni jami 1487,7 ming nafarni tashkil etgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1-aprel holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 592 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 170 tani tashkil qildi (ulushi 22,9 %). 

2023- yilning 1- yanvar holatiga jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari soni 3 396,5 ming birlikga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 155,5 ming tonna suyultirilgan propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,9 % ga oshgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasidagi muzeylarda jami 2157,4 ming dona eksponatlar mavjud boʻlib, shundan 252,5 mingtasini (11,7 %) suratlar tashkil qiladi.

2023-yilning  yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatga qiymati 42 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 9 ming tonna trikotaj  mahsulotlarini eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida korxonalar tomonidan 13 129,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-aprel holatiga jami 47 378 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 356 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 81,2 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 40,4 % ga oshgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Navoiy viloyatida jami 1 491 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 49 tasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etildi. 

Aslida aholini roʻyxatga olish jarayoni ilk bor miloddan avvalgi III ming yillikdan boshlangan. Dastlab bu tadbir Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, qadimgi Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyada oʻtkazilgan. Ushbu jarayon davlatlarning soliq va harbiy faoliyati hamda ularning maʼmuriy tuzilmasi vazifalari bilan bogʻliq ravishda vujudga kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 181,0 tonna shokolad ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3-martaga oshgan.

Joriy yilning 12- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o'rinbosari J. Umarov   Konimex  tumaniga borib, tuman statistika boʻlimi mutaxassisi M. Boranbayev bilan birgalikda 5 narx o’rtacha haftalik kuzatuv bo’yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo nuqtalarida narx-navolarni o’rgandi.