Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-noyabr holatiga Navoiy viloyatida jami chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 196 tani, shundan qo‘shma korxonalar 97 ta va xorijiy korxonalar 99 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
🚜 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 16 ta
🏭 Sanoat sohasida – 107 ta
🏗 Qurilish sohasida – 13 ta
🛒 Savdo sohasida – 37 ta
🚖 Tashish va saqlash sohasida – 4 ta
🏨 Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 ta
📡 Axborot va aloqa sohasida – 2 ta
🩺 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 4 ta
🔸Boshqa sohalarda – 11 ta