Joriy yilning 8-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-889-sonli qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, Statistika boshqarmasi bosh yuristkonsulti A. Murodov so’z yuritib, keyingi yillarda “Yangi O‘zbekiston — yangi sud” prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilayotganli to’g’risida ma’lumotlarni aytib o’tdi.
Muloqat davomida ushbu qonunga oid harbir modda va keltirilgan bandlari alohida tushuntirildi.
Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi.