Joriy yilning 17-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov Xatirchi tumaniga borib, hududiy statistika boʻlimi registratori S. Shodmonov bilan birgalikda “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining oziq-ovqat guruhi boʻyicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oʻrganishda registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Ma’lumot uchun: Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi mavjud boʻlib, mazkur platformada savdo majmualari roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan. Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, tovar narxlarini elektron dasturda qayd etadi.