08/10/2024

Malayziya davlatining qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha tajribasini oʻrganish maqsadida, 2024-yilning 24-26- sentabr kunlari ushbu mamlakatning Putrajaya, Seremban va Malakka shaharlarida oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi.

461252020_929116209260197_7079228373483572651_n_p20426

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich hamda masʼul xodimlar ishtirok etishdi.

Safar davomida Malayziyada qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni hamda unga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

5190834943972991360_p72796

Jumladan, Malayziya qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tarixi, mazkur  yilda roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, qamrab olingan subyektlar, foydalanilgan GIS texnologiyalari, soʻrovnomalar hamda ulardagi koʻrsatkichlar tizimi, MyAgriCensus axborot tizimi, foydalanilgan maʼmuriy maʼlumotlar, sifatni nazorat qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Malayziya statistika idorasining masʼul xodimlari tomonidan maʼlumotlar berildi.

5190834943972991388_p42231

Shu bilan birga, safar davomida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, Seremban va Malakka shaharlariga tashrif buyurgan holda, baliqchilik xoʻjaliklari bilan bevosita oʻtkazilayotgan soʻrov jarayonlarida qatnashib, bu boradagi tajribalar oʻrganildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech