So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 255,4 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 95,8 % ini tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 19 481,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylarida tirik  tugʻilganlar soni 205,7 ming nafarni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 743,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 283 ming kishiga koʻpdir (2023-yilning yanvar-mart oylarida 2 460,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2024-yil 1-aprel holatiga qurilish sohasida 51 837 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 258  ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,5 % ga oshgan.

2024-yil yanvar-mart oylarida Navoiy viloytida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 203,0 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 26 429,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 4,8 trln. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 21,2 % ga koʻpaydi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 183,7 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 35,2 % ini tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyati boʻyicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 26,6 mln. soʻmni tashkil etib, oʻsish surʻati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 %ga oshgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 10 901 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 263 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,1 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 92,8 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,7 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 47,7 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 272,3 ming boshni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1 042,6 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 76,2 % ini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakuniga koʻra Toshkent metropolitenida jami 63,8 mln. yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 25,1 mln. yoʻlovchiga koʻp.