Joriy yilning 17- yanvar kuni Konimex tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazining majlislar jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Shuningdek 2024-yil uchun 1-KB va 1-FX (yillik) statistika hisobotlarini topshirish, Aholini roʻyxatga olish jarayonning samarali oʻtkazishga doir davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma boshligʻi Asqar Tashnazarov soʻzga chiqib, kichik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari hamda hisobchilariga statistika hisobotni topshirish muddatlari va qoidalari, toʻldirish tartibi va talablari haqida hamda Aholini roʻyxatga olish 2025–2026-yillar oraligʻida respublikamizda oʻtkazilishi rejalashtirilayotganligi, ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi jamiyatning barcha sohalariga ijobiy taʻsir koʻrsatishi va ushbu tadbirda faol ishtirok etish kerakligi ta’kidlab oʻtdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga aholini roʻyxatga olish tadbirining maqsadi, ahamiyati va bu jarayonning qanday amalga oshirilishi, uning natijalari haqida hamda roʻyxatga olish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishda qilinayotgan ishlar borasida mutaxassislar tomonidan soʻz yuritildi.
Shuningdek tadbir davomida ishtirokchilar toʻgʻridan-toʻgʻri mutaxassislarga murojaat qilgan holda, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga aniq va batafsil javoblar olish imkoniyatiga ega boʻldi.
Sayyor qabul davomida tashrif buyurganlarga taqdim etilgan qiziqarli statistik toʻplamlar tadbirning yanada mazmunli oʻtishini taʼminladi.
Bunday toʻplamlar orqali ishtirokchilar zamonaviy iqtisodiy holatni chuqurroq tushunishga va oʻz faoliyatlarini yanada samarali tashkil qilishga yordam beruvchi maʼlumotlarga ega boʻladi.