Joriy yilning 20- yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqamasida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonuni yuzasidan huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Murodov tomonidan OʻRQ-1018- sonli “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun boʻyicha batafsil maʻlumotlarni taqdim etdi.
Mazkur tadbirda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati, uning amaliyotda qoʻllanilish jarayonlari hamda qonun talablari boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Ushbu targʻibot tadbiri davlat xizmatchilari huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi koʻzda tutilgan.