Joriy yilning 21-sentabr kuni Uchquduq tumanida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish maqsadida hokim yordamchilari ishtirokida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmonida belgilangan vazifalar, ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, o‘tkazish tartibi hamda savolnomalarni amaliy to‘ldirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, hokim yordamchilarining jarayondagi vazifalari, tadbirkorlar bilan muloqot qilish, ma’lumotlarni to‘g‘ri va sifatli yig‘ish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Seminar davomida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, zarur amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.



